Internet-gigant Google tomonidan boşqariladigan Alphabet kompaniyasi takomillaştirilgan Google Glass aqlli közoynaklari taqdimotini ötkazdi. Yangi namunada mahsuldorlik, energiya samaradorligi kabi körsatkiçlar oşirilgan, kamerasining ruxsat etilgan ziçligi ham 8 megapikselni taşkil etmoqda. Endi közoynak gardişidagi qizil diod s'yomka boşlangani haqida xabar beradi, közoynakning özi esa ança ergonomik körinişga ega bölgan. Foydalanuvçiga barça muhim bildirişlar yetkaziladi, közoynakni ovozli buyruqlar bilan ham boşqariş mumkin.
Eslatib ötamiz, ikki yarim yil muqaddam tijoriy loyiha muzlatilib qöyilganidan söng, gadjyet faqat işlab çiqariş sohalarida tarqala boşlangan edi. Uni amalda sinab körgan DHL, Boeing, Volkswagen kabi xalqaro korporatsiyalar mutaxassislari ma'qullaşgan edi. Aqlli közoynaklarning qaytişini tantanavor deb hisoblaş mumkin: Alphabet’dagi X laboratoriyasi rahbari Astro Tellerning aytişiça, keyingi işlanmalarning barçasi aynan korporativ xaridorlarning ehtiyojlarini hisobga olib bajarilgan. Google Glass’dan foydalaniş ularga salmoqli tijoriy foyda keltiradi. Hozirça ommaviy sotuvlar haqida gap-sözlar tarqalgani yöq.














