3 avgust kuni AQŞ Senati qömitasi Falastin muxtoriyatiga har yili ajratilayotgan 300 million AQŞ dollari miqdordagi moliyaviy yordamni töxtatib turişga qaror qildi.
Gap şundaki, amerikalik huquq asosçilari moliyaviy kömak tajovuzkor jinoyatlarni amalga oşiriş uçun sarflanmoqda, deb hisoblaydi. Senat Xalqaro munosabatlar qömitasidagi senatorlarning 17 nafari bu qarorni ma'qullagan. Qonun loyihasi Teylor Fors (Taylor Force Act) nomi bilan atalgan bölib, u ötgan yili Isroilda öldirilgan AQŞ fuqarosi hisoblanadi.
Qaror qonun kuçiga kirişi uçun Kongressning ikkala palatasi tomonidan ma'qullanişi kerak. Falastin tomonidan söralayotgan harakat bu - terroristik guruhlarga a'zo, jinoyat sodir etgani uçun qamoq jazosida bölgan yoki Yaqin Şarqda nizolar tufayli vafot etganlarning oila a'zolariga har oylik stipendiya mablağlarini berişni töxtatiş kerak. AQŞ senatorlarining fikriça, bunday holat kelgusi avlod ongida ham ğazab va intiqomga iştiyoq oşiradi.








