Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova sobiq mudofaa vaziri mamlakat prezidentini jinoiy javobgarlikka tortmoqchi
Foto: RIA "Novosti"
Moldova sobiq mudofaa vaziri, Xalq birligi partiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Anatoliy Shalaru mamlakat prezidenti Igor Dodonni jinoiy javobgarlikka tortmoqchi.
«Igor Dodonning milliy mudofaa tizimiga qarshi noqonuniy harakatlari effekt keltirishni boshladi. AQSh milliy armiyasi xorijiy dasturlar (FMF Foreign Military Financing) orqali taqdim etiluvchi moliyalashtirishni to‘xtatdi. Shu tariqa, Moldova milliy armiyasi 12,7 mln dollardan mahrum bo‘lmoqda – bu pullar armiyani qayta isloh qilish va modernizatsiyasiga mo‘ljallangandi», - deya yozdi Shalaru Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik sheriklar moliyalashtirishni Moldova hukumati AQSh milliy armiyasi askarlariga mintaqaviy harbiy mashqlarda ishtirok etishga ruxsat bermagach to‘xtatdi.
«Shu sababdan Igor Dodonni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha murojaat bilan chiqdim, uning harakatlari Moldova milliy mudofaa tizimiga ziyon yetkazishga yo‘naltirilgan», - deya xulosa qilgan mamlakatning sobiq mudofaa vaziri.
Avvalroq Moldova Rossiya bosh vaziri o‘rinbosariga HHK samolyotida uchib kelishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid
11:44 / 30.01.2026
YeI Ukraina va Moldovaga 153 mln yevro shoshilinch yordam ajratdi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
09:30 / 13.01.2026
Mayya Sandu Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
11:20 / 17.12.2025