Moldova rahbariyati Rossiya boş vazir örinbosari Dmitriy Rogozinga Kişinev hamda Tiraspol şaharlariga mamlakat harbiy-havo kuçlari samolyotida uçib kelişni taqiqladi. Bu haqda Deschide.md manbaga asosan xabar bergan.

Manbaning sözlariga köra, Moldova taşqi işlar va Yevropaga integratsiya böyiça vaziri Andrey Galubr 19 iyul kuni tegişli maktubni Rossiya elçixonasiga yuborgan.

«Moldovaning tegişli idoralari şunday qarorni qabul qilişiga, Kişinev hamda Tiraspol aeroportlarida buning uçun kerakli şaroitlar yöqligi sabab bölgan. Rossiya tomoni bu haqda avval bir neça marotaba xabardor qilingan», - deyiladi maktub matnida.

Bundan taşqari, Moldova TIVning ma'lum qilişiça, Pridnestroveda qurolli mojaroni tinç yöl bilan hal etiş prinsiplari böyiça kelişuv imzolangani va Dnestrda tinçlikparvar amaliyotlar boşlanganining 25 yilligiga bağişlangan tadbirlarning bir tomonlama ötkazilişi maqsadga muvofiq emas.