08:54 / 09.08.2017
9147

Jon Makkeyn Trampga KXDR bo‘yicha maslahat berdi

Amerikalik senator Jon Makkeynning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp agarda harakat qilishga tayyor bo‘lmasa, Shimoliy Koreyaga tahdid qilmagani ma'qul. Bu haqda KTAR radiostansiyasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «nimani ma'lum qilayotgan bo‘lsang, o‘shani qila olishga ishonching komil bo‘lishi kerak».

«Men ko‘rgan buyuk yetakchilar, agarda harakat qilishga tayyor bo‘lishmasa, tahdid qilmaydilar, hamda men prezident Tramp harakat qilishga tayyor, deb o‘ylamayman», - degan Makkeyn.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Trampning KXDRga tahdidi «jiddiy» bo‘lgani borasida aniq bir fikrga ega emas.

Shu bilan birga, Makkeynning hisoblashicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In urushga tayyor emas. 

«Mening o‘ylashimcha, Pxenyandagi yetakchi tentak, biroq u chegarani kesib o‘tishga tayyor emas», - degan senator.

Avvalroq Tramp KXDRga bosim o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirgandi.

Mavzuga oid
Top