Uşbu xatni Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi biolaboratoriyaning bir guruh xodimlari nomidan yozayapman.

2017 yil 27 iyul kuni Özbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga ham bu töğrida murojaat yozgan, unda bizlarga fermerlar uçun ajratiladigan paxta imtiyozli kreditidan ajratilişi lozim bölgan maqsadli kredit mablağlari fevral–may oylarida ajratilmagani, oqibatda biz işçilarimizni iş haqi bilan ta'minlay olmaganimizni aytib, iyul oyi kreditidan biz pul ajratilişida yordam söragan edik.

30 iyul kuni «Agrobank»ning Zarbdor tuman boşqaruvçisi örinbosari Hikmat Abdullayeviç bizga uçraşib, olişimiz lozim bölgan barça summani ortiği bilan olganimizni, şu sababli heç qanday e'tirozimiz yöqligi haqidagi xatga imzo çekib berişimizni talab qildi. Tabiiyki, biz boş tortdik.

Oqibatda «Agrobank»dan 2017 yil 29 iyul kuni №21-1-12/1251 raqamli mutlaqo mas'uliyatsizlik bilan bitilgan javob xatini oldik.

Biz Jizzaxdan turib şikoyat yozsak, boşqaruv raisi örinbosari v.v.b. N.Amanov Qaşqadaryoga ötib ketgan.

Xullas, xatda aytilayotgan tavsiyada (ilova qilamiz), bir gektar paxtaga bioişlov uçun 7212 söm ajratilişi lozimligini ta'kidlagan.

Tabiiyki, ming gektarga 7.121.000 söm. Lekin, biz 71.212.000 söm, deya tuşunişimizni aytdik. Negaki, yil davomida respublika biolaboratoriyalar markazi tavsiyasiga köra biz har bir gektar paxtaga bir yil davomida töqqiz-ön martaga qadar işlov beramiz.

Mahsulotni paxta dalasiga özimiz yetkazamiz. Har bir biolaboratoriyada kamida beş kişi işlaydi. Oyiga har bir işçiga eng kamida 400.000 söm iş haqi belgilansa ham, har oyda 2.000.000 söm iş haqi, yana bir million söm soliq va ajratmalarga parallel tölovlarni amalga oşirişimiz lozim.

Örtaça har bir biolaboratoriya 3000 tonna paxta yetiştirişga xizmat körsatsa, bir yil davomida biz faqat iş haqiga 36 mln. söm mablağ olişimiz lozim. Boşqa xarajatlar-çi?

«Agrobank» esa öz jadvalini rökaç qilib, «21 mln. söm tölaşimiz kerak edi, sizlarga köp berib qöyibmiz», deyapti.