16:04 / 25.08.2017
8809

Trampning saylanishini bashorat qilgan professor uning impichmenti haqida gapirdi

Foto: Reuters/Kevin Lamarque

Amerika universiteti professori tarixchi Allan Lixtman AQShning amaldagi rahbariga qachon impichment e'lon qilinishi mumkinligini taxmin qildi. U Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lishini ham bashorat qilgandi, deb xabar bermoqda RT.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh senatiga 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlardan avval Trampni hech kim iste'foga chiqara olmaydi.

«Respublikachilarning ko‘plari unga qarshi chiqishi mumkin. Hamda impichment jarayonining tashabbusiga yetarli ovozlarni to‘plash uchun demokratlar bilan taxminan 25 kishi birlashishi lozim bo‘ladi (ya'ni vakillar palatasidagi barcha respublikachilarning taxminan 10 foizi). Ikkinchi holat (bu, albatta, ehtimoldan uzoq, biroq istisno etilmaydi): agarda demokratlar vakillar palatasida ko‘pchilikka aylanadigan bo‘lsa. O‘shanda, mening fikrimcha, bu tashabbusni ilgari surish juda tez amalga oshadi – 2019 yilning boshida palata chaqirilganda», - deya ma'lum qildi u.

O‘tgan yili Lixtman Trampning impichmenti haqida fikr bildirgandi.

Ehtimoliy sabablar orasida Rossiya bilan aloqalar, hokimiyatni suiiste'mol qilish va huquqbuzarliklarga e'tibor bermaslik bor. Shuningdek ta'kidlanishicha, Tramp lavozimga kirishgunga qadar amalga oshirgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Top