WikiLeaks asosçisi Julian Assanj 16 oktabr kuni maşinasi portlab ketgan maltalik jurnalist Dafna Karuana Galitsiyaning "qotillari" haqidagi ma'lumot uçun 20 ming yevro taklif qildi. Bu haqida u özining Twitter sahifasida ma'lum qildi. 

"Jurnalist va bloger Dafna Karauna Galitsiyaning keçqurun öz uyi yaqinida maşinaga örnatilgan bomba natijasida portlab ketganini bilgaç, hayron böldim. Uning qotillarini topişga yordam beruvçi ma'lumot uçun 20 ming yevro mukofot puli beraman", - deb yozilgan Assanjning postida. 

Times of Malta naşridagi manbaning aytişiça, Galitsiyaning Peugeot 108 avtomobili kuçli portlaş natijasida yöldan taşqariga çiqib ketgan, uning bölaklari esa atrofga soçilib ketgan. Voqea marhuma yaşagan Bidniza şahri yaqinida sodir bölgan.

Portlaşga nima sabab bölgani hozirça noma'lum. Naşrda ta'kidlanişiça, jurnalist ölimidan 15 kun avval unga qilinayotgan tahdidlardan arz qilib, politsiyaga murojaat qilgan. Malta boş vaziri Jozef Muskat voqeani "johillar hujumi" deb atagan. 

Ma'lumotlarga köra, Galitsiya Maltadagi korrupsiyani örganiş bilan şuğullangan. Izlanişlari yakuniga köra, u "Panama hujjatlari"da Malta boş vaziri haqidagi ma'lumotlarni çop etgan.