Xitoyning Huawei kompaniyasi Myunxenda özining yangi Mate 10 va Mate 10 Pro flagman smartfonlarini namoyiş qildi. Yangi flagman "neyron protsessor", hoşiyasiz ekran, ikki kamera va boşqa qiziq xususiyatlarga ega böldi. Bularning bari uçun iPhone 8 narxidan köproq pul tölaşga töğri keladi. Hi-Tech şu haqida xabar berdi.

Xususiyatlari

Huawei Mate 10 Pro - Xiaomi Mi Mix 2, LG G6, Samsung Galaxy S8 va Essential Phone ekranlariga öxşaş hoşiyasiz ekranga ega böldi. Tasvirlarda haqiqatda ekran atrofida hoşiya deyarli yöqligini köriş mumkin.

Quvvat va tovuş balandligi nazorati tugmalari qurilmaning - öng tomonida, barmoq izlari skaneri esa - çap panelda joylaşgan.

Şuningdek Leica'ning ikki kamerasi ham şu yerda joylangan. Smartfonning orqa paneli şişadan işlangan, dizayni esa Porsche byurosi tomonidan işlab çiqilgan. Bu simsiz zaryad tizimi faoliyati uçun zarurdir.

Şuningdek birinçi marta Huawei'da IP67 standartiga muvofiq himoya tizimi paydo böldi. Smartfon tört xil rangda taqdim etildi: qora, kulrang, puşti va tillarang. Dinamik gulqoğozlar kunning qismiga qarab özgaradi. Huawei Mate 10 Pro har tomonlama lossless audioformati bilan qöllab-quvvatlandi. Ta'kidlaş joizki, qurilmada mini-jyek yöq.

PK sifatida

Smartfonni töğridan-töğri taşqi displeyga ulaş va Bluetooth orqali taşqi periferiyaga boğlaniş mumkin. Töğridan-töğri boğlaniş uçun faqat kabel kerak böladi, heç qanday dok-stansiyalarga hojat yöq.

Taşqi monitorga ulangan qurilmaning özi virtual taçpadga aylanadi. Bunday rejimda ikki ekrandan alohida foydalaniş mumkin.

«Neyron protsessor»

Kirin 970 protsessori faqat sun'iy intellekt vazifalarini qayta işlaşga möljallangan, ajratilgan NPU (Neural Processing Unit) blokiga ega böldi. Aynan şuning uçun işlab çiqaruvçi uni şunçaki smartfon emas, "intellektual maşina" sifatida reklama qilmoqda.

Smartfon maşina ta'limi yordamida suratda aynan nima aks etganini aniqlay oladi va avtomatik ravişda turli obektlar s'yomkasi sifatini yaxşilay oladi. Obekt muvaffaqiyatli "tanilsa", tegişli piktogramma paydo böladi.

Huawei Mate 10 Pro'ning xususiyatlari:

  • Ekran: 6 dyuym, OLED, Quad HD (1080 x 2160 piksel), 18: 9;
  • Protsessor: Huawei Kirin 970 2,8 GGts, 10 nm, 8-yadro (4x Cortex A73 i 4x Cortex A53) + Mali G72;
  • Xotira: 6 GB / 128 GB i 6 GB / 256 GB;
  • Kamera: 12-megapiksel rangli sensor va 20-megapiksel monoxrom sensor, apertura f/1.6, OIS;
  • Akkumulyator: 4000 mAs + Huawei SuperCharge;
  • OT: Android 8.0 + EMUI 8.0 bir neça oçiq oyna qöllab-quvvatlanganda.

Muddat va sana

Qurilma Yevropada noyabr oyi örtasida sotuvga çiqadi. 128 GB'li Huawei Mate 10 Pröning Yevropadagi narxi - 699 yevro. Porsche dizaynidagi 256 GB versiyasi esa - 1395 yevroga baholanadi. Rossiyadagi riteyl manbalari ma'lumotlariga köra, qurilma narxi 59 990 rublni taşkil qiladi. Bu Galaxy Note 8 (RRTs 69 990 rub.)dan arzonroq, lekin iPhone 8 (56 990 rub.)dan qimmatroqdir.

Suratlar manbasi:hi-tech.mail.ru