Litiy-ionli batareyalar uzoq 1991 yildayoq bozorlarga çiqqan. Öşa vaqtdan beri ularning ba'zi körsatkiçlari yaxşilangan, biroq hanuzgaça bunday batareyalardan eng ilğorlarining ham quvvatlanişiga bir soatdan köp vaqt ketadi. Samsung yaratgan grafen batareya esa bor-yöği 12 daqiqada quvvatlanadi.
Yangi texnologiya Samsunğga grafitdan olinadigan uglerod element – grafenni kremniy dioksidi (SiO2) qöllab köp miqdorda şarçalar (aniqroği, bodroq donalari şaklida) sintezlaşga imkon beradi. Bu şarçalar batareyaga elektr ötkazuvçanlikni himoyalaş va ta'minlaşga yordam beradi. Şu tariqa quvvatlaş vaqti qisqaradi va şu bilan bir vaqtda yuqori haroratlardan himoya ta'minlanadi. Grafen şarçalar litiy-ion batareyalarda anod va katod örnini bosadi.

Ma'lumki, grafen elektr tokini kremniydan 140 marta tezroq ötkazadi, bu esa batareya quvvatlanişi tezligini 5 marta oşiradi. Bundan taşqari, batareyalarni tayyorlaş uçun grafen şarçalardan tayyorlangan materiallarni qöllaş ularning siğimdorligini 45 foizga oşiradi. Samsung Advanced Institute of Technology (SAIT) tomondan yaratilgan texnologiya haroratni 60 gradusgaça uşlab turadi, bu esa uşbu texnologiyani elektrokarlar uçun qöllaşni ham örinli qiladi.
Mutaxassislarning fikriça, uşbu texnologiya akkumulyatorlar sanoati uçun haqiqiy “portlaş” bölişi mumkin. SAIT öz texnologiyasiga AQŞ va Janubiy Koreyada patent oliş uçun ariza bergan.












