AQŞ Davlat departamenti Toşkentdagi elçixonadagi xizmatçilar Kubadagi kabi akustik hujumga uçragani haqidagi xabarni inkor etdi. Bu haqda departament rasmiysi Hezer Nauert öz tvitterida yozgan.

«Biz Özbekistonda bunday hodisa röy berganini tasdiqlay olmaymiz», degan u.

«Departament birinçi navbatda diplomatlarning salomatligi va xavfsizligi haqida qayğuradi, butun dunyodagi xodimlar himoya qilinadi.

Ammo biz AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xodimlarining birontasi Kubadagi kabi hujumga yöliqqani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamaymiz», - deya qöşimça qilgan matbuot kotibi.

Toşkentdagi elçixonada Kubadagi singari akustik hujum bölgani haqida kun avvalida Amerika matbuotida xabarlar tarqalgandi. 

Xususan, CBS News xabarida AQŞ Xalqaro Taraqqiyot agentligining (USAID) Toşkentdagi vakolatxonasi xodimlaridan biri va uning umr yöldoşi sentabr oyida «akustik xurujga uçragani» va AQŞga qaytgani haqida aytilgandi.

CBS News xabarida Özbekiston-Rossiya yaqinligi tilga olingan va Moskva bu işda gumon qilingan.

USAID - Davlat departamenti bilan qalin hamkorlik qiladigan davlat taşkiloti bölib, turli xorijiy davlatlarga yordam körsatişda vositaçilik qiladi.

Davlat departamenti CBS News telekanalining şunday hodisa böyiça sörovini rad etgan.

«Biz har bir holatni alohida muhokama qilmoqçi emasmiz. Biz USG xodimlariga dunyoning istalgan nuqtasida yordam körsatamiz. Biz öz xodimlarimiz tibbiy körikdan ötişi va davolanişini ta'minlaymiz», - deyilgan Davlat departamenti matbuot xizmati xabarida.

Avgust oyida Kubadagi amerikalik diplomatlar şunday hujumlarga uçraganini tan olgandi. Şundan söng, AQŞ kubalik diplomatlarni mamlakatdan çiqarib yuborgandi. Havanadagi elçixonaga qasddan amalga oşirilgan xurujlarda köplab kişilar zarar körgan. Bunday hujumlar odamning eşitiş va köriş qobiliyatini buzib, asab kasalliklari va uyqusizlik keltirib çiqaradi. Kuçli texnologiyalar orqali amalga oşiriladigan bu harakatlar ortida Rossiya turgani gumon qilinadi. Kreml bu da'volarni qat'iyan rad etib keladi.