Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston endi Kosonsoy suv omborining necha foizidan foydalanadi?
Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Keneshining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi 12 dekabr kuni Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi Jalolobod viloyatining Ola-Bo‘ka tumanida joylashgan Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiyasini ma'qulladi.
Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashevning eslatishicha, bitim Toshkent shahrida 2017 yilning 6 oktabr kuni imzolangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda suv ombori Qirg‘iziston suv xo‘jaligi Departamenti ixtiyoriga o‘tishi ko‘rsatilgan.
Idora rahbari deputatlarning savollariga javob qaytarib, suv ombori hajmi 165 million kub metrni tashkil etishi, hajmning 8 foizi Qirg‘iziston tomonidan ishlatilishi, bu 1,5 ming gektar yerni sug‘orishga yetarli bo‘lishi, 92 foiz esa O‘zbekistonda qolishi (25-28 ming gektar), buning evaziga yiliga 16 million som mablag‘ to‘lanishini aytib o‘tdi. Obektda Qirg‘iziston Respublikasining 60 nafar fuqarosi ishlaydi.
«Suvdan foydalanish bo‘yicha har ikki tomon ishtirokida komissiya tashkil etiladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi N.Murashev.
Qo‘mita muhokama natijasida qonun loyihasini uch o‘qishda ma'qulladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Keneshining Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiyasini uch o‘qishda ma'qullagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026