Qirğiziston Respublikasi Jöqorğu Keneşining Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlaniş böyiça qömitasi Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalaniş töğrisidagi bitim ratifikatsiyasini uç öqişda ma'qulladi. Qaror qömitaning 11 dekabr kungi yiğilişida qabul qilindi.

Suv xöjaligi va melioratsiya vaziri Nurbek Muraşevning xabar qilişiça, bitim davlatlar örtasida 2017 yilning 6 oktabr kuni Toşkent şahrida imzolangan.

Ta'kidlanişiça, davlat içidagi barça jarayonlar yakunlanganidan söng suv omborini boşqariş Qirğiziston tomoniga töla ötadi. «Agarda avval boşqaruv Özbekistonda bölgan bölsa, endilikda, davlat içidagi barça jarayonlar yakunlanganidan söng, boşqaruv bizga ötadi, u Suv xöjaligi departamentining balansida böladi», - deya aytib ötdi u.

Foto: AKIpress

«Respublika – Ata-Jurt» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi deputati Rada Tumanboyeva Qirğiziston suv omborini kerakli darajada saqlaş uçun lozim bölgan barça mablağlarni ajratişga tayyorligi bilan qiziqqan. 

«Bitimga muvofiq, Özbekiston tomoni suv omboridan foydalaniş va texnik xizmat körsatiş böyiça xarajatlarni moliyalaştirişda va olinayotgan suv hajmiga mos bölgan boşqa muvofiqlaştirilgan harakatlarda uluş asosida iştirok etadi», - deya xabar berdi N.Muraşev.

Deputatlar obektni qöriqlaş işlari qanday olib borilişi masalasi bilan ham qiziqişdi.

«Ayni damda Özbekiston IIVning 20 xodimi bir oyda bir marotaba hududga özlarining qöriqlaş böyiça majburiyatlarini bajariş uçun kirişadi. Biroq, agarda bitim ratifikatsiya qilinsa, qöriqlaş masalasi bizga ötadi. Suv ombori respublikamiz içiga qarab 13 kilometrlik masofada joylaşgan, bu çegara hududi sanalmaydi», - deya xabar bergan Davlat çegara xizmati rahbari örinbosari.

Avvalroq Kosonsoy suv ombori töğoni maydonining hududi 850 gektar kelişi xabar qilingandi. 2013 yildagi ma'lumotlarga köra, suv ombori hududida 47 hovli bölgan va 271 inson istiqomat qilgan.