Joriy yilning 14 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida ötkazilgan «Tozalaş-Antiterror» tadbiri davomida, respublikaning turli viloyatlaridan kelib, muayyan iş joyiga ega bölmagan, vaqtinçalik röyxatdan ötmagan hamda xonadon egasi bilan ijara şartnomasi rasmiylaştirmay yaşab kelayotgan şaxslar va boşqa huquqbuzarliklar aniqlanib, ularning barçasi tuman IIB tomonidan tekşirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur ötkazilgan tadbir davomida jami 274 nafar şaxs tekşirilgan bölib, şulardan qonun buziliş holatlariga yöl qöygan şaxslarga nisbatan çoralar körildi. Jumladan:

- 1 nafar qidiruvda bölgan şaxs uşlandi;

- 93 nafar fuqaro respublikaning boşqa viloyatlaridan kelib, Toşkent şahrida doimiy yoki vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan yaşab kelayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi;

- 21 nafar xonadon egasi öz xonadonlarini Toşkent şahrida röyxatdan ötmagan şaxslarga yaşaş uçun taqdim etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 2-qismi, 7 nafar xonadon egasiga esa MJtKning 223-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi;

- 11 nafar jamoat joylarida spirtli içimliklar iste'mol qilgan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 187-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi;

- 5 nafar mayda bezorilik sodir etgan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi;

- şuningdek, 1 nafar voyaga yetmagan şaxs bemaqsad, ota-onasining nazoratisiz yurganligi aniqlanib, Toşkent şahar IIBB VeIXYoKMga joylaştirildi.