Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toşkent davlat yuridik universitetining “Yuridik klinika”si Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “Toşkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida taşkil etilgan.

Yuridik klinika jismoniy va yuridik şaxslarga beğaraz yuridik maslahatlar körsatiş bilan boğliq faoliyatni amalga oşiradi. Yuridik klinika faoliyati jamoatçilik qabulxonasi şaklida taşkil etilgan bölib, bunda talabalar pedagog xodim (advokat) rahbarligida huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini amalga oşiradi va ularga kerakli huquqiy maslahatlarni körsatadi. Aholi ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda yuridik klinika huquqning alohida tarmoğiga ixtisoslaşgan holda yoki umumiy huquq masalalari böyiça maslahatlar berişi mumkin.

Adliya vazirligining Axborot xizmati ma'lum qilişiça, öz faoliyatini boşlagan kundan (2017 yil 20 sentabr) hozirgi kungaça yuridik klinikaga 52 ta murojaat kelib tuşdi: şundan 50 tasi körib çiqib, tegişli huquqiy maslahatlar berildi, 2 ta murojaat hozirda körib çiqiş jarayonida.


Qöşimça ma'lumotlar:

Toşkent şahri, Sayilgoh köçasi, 35. Toşkent davlat yuridik universiteti 
1-binosi.
Telefon: (0371) 233 6636 (içki. 1114); Faks: (0371) 233 3748
Elektron poçta manzili: [email protected]
Iş vaqti: Har kuni soat 10:00 dan 15:00 gaça (dam oliş kuni yakşanba)