Yurtimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning negizini insonparvarlik, inson va fuqarolarning hayoti, erkinligi, qadr-qimmatining ustuvorligi kabi umuminsoniy prinsiplar taşkil etadi.

Xuddi, şuningdek, jinoyat sodir etgan bölsa-da, biroq öz xatosini anglagan va undan tegişli xulosa çiqargan, ma'naviy jihatdan qayta tarbiyalangan şaxslarning oilasi, farzandlari bağriga qaytişiga imkon beriş xalqimizga xos bölgan keçirimlilik, bağrikenglik kabi qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Şu sababdan ham jinoyat qonunçiligida amnistiya akti yoki afv etiş asosida jazodan ozod qiliş belgilangan. Şu kunga qadar adaşib jinoyat yöliga kirib qolgan, qilmişidan puşaymon bölgan, sodir etgan jinoyati natijasida yetkazilgan zararni qoplagan şaxslarni amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlik hamda jazodan ozod etiş keng yölga qöyilgan edi.

Unga köra, amnistiya akti e'lon qilinganidan söng unda jinoyat turlari nazarda tutilib, javobgarlikdan yoki jazodan ozod etiladigan şaxslar hujjat ijrosini ta'minlaş paytida aniqlanardi.

Biroq amnistiya aktini qöllaşning ayrim jihatlari ham mavjud ediki, bular şaxsni javobgarlik va jazodan ozod qilişning pirovard natijasiga erişişga tösqinlik qilardi. Jumladan, amnistiya aktida aniq bir şaxs körsatilmasdan, odatda, ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatni birinçi marta sodir etgan şaxslar, ayollar,
60 yoşdan oşganlar, çet el fuqarolari nazarda tutilgan. Ya'ni, avval jinoyatlar toifasi belgilanib, keyin esa uşbu jinoyatlar toifasiga kiradigan şaxslar aniqlangan.

Bundan taşqari, amnistiya aktini qöllaş masalasini hal qiliş uzoq davom etadigan taşkiliy jarayonlar ekanligi sababli turli qonunbuzarlik holatlari mavjud edi. Bu haqda muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
25 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida “...oldindan çuqur öylamasdan turib javobgarlikdan ozod qilişni belgilaş qilmişiga puşaymon bölmagan, yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslar ham amnistiya doirasiga kirib qolişiga sabab bölgan. Bu masalada, ming afsuski, korrupsiya holatlari ham bölgan, deb aytsak, töğri böladi... Bu esa amnistiyaga tuşgan kimsalarda jazoni his etmaslik, bizga hamma narsa mumkin, degan notöğri kayfiyatning şakllanişiga olib kelgan”, – deb ta'kidladi.

Joriy yilning 29 sentabrida “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma beş yilligi munosabati bilan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan mahkumlarni afv etiş haqidagi materiallarni tayyorlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyiş qabul qilindi.