Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning sakkizinchi raundi boshlandi. Rossiya, Turkiya va Erondan bo‘lgan delegatsiyalar uning doirasida texnik uchrashuvlarni o‘tkazishmoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti».
Ta'kidlanishicha, Ostona muzokaralarining sakkizinchi raundi ikki kun – 21 va 22 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi: payshanba kuni ishtirokchilar o‘rtasida turli shakllarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, juma kuni esa asosiy yalpi yig‘ilish tashkil etiladi.
Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Federatsiyasi prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev, Turkiyada – tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat Onal, Eronda – TIV rahbari o‘rinbosari Husayn Jaboriy Ansariy rahbarlik qilmoqda. Shuningdek uchrashuvda Suriya hukumati va muxolifati, kuzatuvchi davlatlar – AQSh va Iordaniya delegatsiyalari ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron Suriyada IShIDni kim mag‘lub etishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026