Insoniyat tarixida oçiq koinotga birinçi bölib ehtiyot moslamasisiz çiqqan amerikalik fazogir Bryus Makkendless 80 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda NASA koinot agentligi xabar berdi.
“Bizning öylarimiz va duolarimiz Bryusning oilasi bilan. U boşqariluvçi moduldagi parvozi surati böyiça abadiy eslab qolinadi”, deb aytilgan xabarda.
Bryus Makkendless dastlab AQŞ harbiy-havo kuçlari uçuvçisi sifatida xizmat qilgan, keyin esa NASA fazogirlari safiga kirgan. U, şuningdek, eng yirik koinot teleskopi “Xabbl”ning örnatilişida iştirok etgan.
Fazogir 1984 yilda koinotga ilk parvozi vaqtida NASA tomondan maxsus yaratilgan, fazogirlarga koinotda harakatlanişga imkon beruvçi MMU qurilmasida oçiq koinotga çiqqan.
Makkendlessning kema bilan texnik aloqasiz erkin parvozi 6 soatga yaqinni taşkil qilgan. Fazogir kemadan 90 metr uzoqlaşişga muvaffaq bölgan. Keyinroq NASA bu qurilmani xavfli deb topib, undan foydalanişni taqiqlab qöygan.












