O‘zbekiston | 21:28 / 13.01.2018
46004
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonliklar Shavkat Mirziyoyev tashrifidan nimalar kutmoqdalar? (Video)

Foto: Asia-Plus

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi siyosatida birinchi navbatdagi vazifalar qatorida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni “qayta yuklash”ga e'tibor qaratdi.

Joriy haftada O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bilan birga ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, viza masalasida hamda Farhod GES masalasida kelishuvga erishildi. 

Kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston yaqin kunlarda bir qator hujjatlar, jumladan “Fuqarolarning o‘zaro tashriflari to‘g‘risida»gi yangi hujjatni imzolaydi.

Quyida Tojikistondagi mediaguruhlardan biri poytaxt Dushanbe aholisiga “Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishidan birinchi navbatda qanday o‘zgarishlarni kutmoqdasiz?” degan savol bilan yuzlandi.

Ta'kidlash joizki, dushanbeliklarning aksariyati ikki davlat o‘rtasida vizalar bekor qilinishini kutib qolishlarini aytishgan. 

Toshkent va Dushanbe kelishdi. Viza rejimi bekor qilinadi

Mavzuga oid