Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovning Duşanbega taşrifi davomida Özbekiston va Tojikiston davlat çegaralari bilan boğliq köplab masalalar böyiça kelişib oldi. Xususan, viza masalasida hamda Farhod GES masalasida kelişuvga erişilgan. «AP» muxbiri Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib xabar berişiça, yaqin vaqt içida ikki respublika örtasida «Fuqarolarning özaro taşriflari töğrisida»gi yangi hujjatni imzolaydi. Unga asosan ikki mamlakat fuqarolari Özbekiston va Tojikiston hududida vizasiz bir oyga qadar yurişlari mumkin böladi.

Manbaning sözlariga köra, tomonlar yaqin vaqtlar içida yölovçi poyezdlar va avtobuslar qatnovini yölga qöyişni, şuningdek, özaro çegara hududida yangi nazorat-ötkazuv punktlari oçişni rejalaştirgan.

Tomonlar Farhod GES masalasida ham kelişuvga erişgan. Uşbu inşoot joylaşgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinadi, obekt esa Özbekiston mulki hisoblanadi. Obektni tojik tomoni qöriqlaydi, unga texnik xizmatlar Özbekiston tomonidan körsatiladi.

Farhod GES — Sirdaryo viloyatida Tojikistonning Xöjand şahri yaqinida joylaşgan gidroelektrostansiya bölib, u elektr energiyasi işlab çiqariş bilan birga qator suğoriş kanallarini suv bilan ta'minlaydi.

«10 yanvar kuni Duşanbeda ötkazilgan Özbekiston va Tojikiston örtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça Hukumatlararo komissiyalarining majlislari samarali va istiqbolli keçdi», - deya qayd etgan manba.

Uning sözlariga köra, majlisda ikki davlat munosabatlarini rivojlantiriş yönalişlari körib çiqilgan.

«Duşanbedagi majlis yakunlariga köra, ikki davlatning tegişli vazirliklariga Özbekiston va Tojikiston örtasida transport, kommunikatsiyalar, savdo, iqtisodiyot va çegaralar böyiça hamkorlik böyiça kelişuvlar loyihalarini tayyorlaş böyiça körsatmalar berilgan», - deya qayd etgan manba.

Barça kelişuvlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning şu yil bahorida Duşanbega qiladigan davlat taşrifi çoğida imzolanişi kutilmoqda.

Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlar sovuqlaşganiga 25 yil bölmoqda. Duşanbe tomoni tez-tez qöşni davlatni temir yöl va avtoyöllarni yopib qöyişda ayblagan. Öz navbatida, rasmiy Toşkent Tojikistonda Roğun GES qurilişiga qarşilik qilgan. Özbekiston hukumati uşbu suv inşooti qurilişi mintaqadagi agrar xöjalikka tahdid deb hisoblab kelgan. 2001 yilda avval Özbekiston, köp ötmay Tojikiston viza rejimi joriy etgandi.