Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh FTB va Adliya vazirligida Trampga qarshi «maxfiy guruh» bo‘lgan – OAV
AQSh Adliya vazirligi va Federal tergov byurosida 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasidan so‘ng “maxfiy guruh” bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga qarshi harakat qilgan, deb xabar bermoqda Fox News.
Vakillar palatasi a'zolari Jon Ratkliff va Trey Goudining xabar qilishicha, maxsus prokuror Robert Myuller va FTB xodimlari Piter Strzok hamda huquqshunos Liza Peyjning o‘zaro yozishmasida shu haqda so‘z boradi.
“Bugun biz shunday ma'lumotni oldikki, saylovdan so‘ng Adliya vazirligi va FTB doirasida maxfiy hamjamiyat faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkin. Peyj va Strzok ham uning ichida bo‘lgan, bu Trampga qarshi qaratilgan”, - deya aytib o‘tgan Ratkliff.
Goudining ta'kidlashicha, hamjamiyat nomi birinchi marta Tramp g‘alabasidan bir kun o‘tib tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Davosda kimlar bilan uchrashishi va nimalarni muhokama qilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026