AQŞ prezidenti Donald Tramp Şveytsariyaning Davosidagi xalqaro iqtisodiy forum davomida Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey hamda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazadi. Bu haqda Qöşma Ştatlar prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmaster xabar qilgan.
"Payşanba kuni prezident Buyuk Britaniya boş vaziri (Tereza) Mey bilan uçraşib, Suriyadagi mojaro, Eronning beqarorlaştiruvçi harakatlari, Eron yadroviy dasturi kamçiliklarini töğrilaş yöllari va Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş böyiça umumiy maqsadlarimizni muhokama qiladi", - deya aytib ötdi Makmaster brifingda.
Uning sözlariga köra, Amerika yetakçisi Netanyaxu bilan uçraşuvda “AQŞning Isroil oldidagi jiddiy majburiyatlari”ni tasdiqlaydi, Eron ta'siri bilan kuraşiş va Yaqin Şarqda tinçlikni örnatiş niyatida ekanini bildiradi.
Tramp juma kuni Ruanda yetakçisi bilan uçraşadi – bu davlat hozirda Afrika ittifoqi raisi sanaladi. Uçraşuvda savdo va xavfsizlik masalasi ustida gap boradi, deya aytib ötdi Makmaster.
Şuningdek, AQŞ prezidentida Şveytsariya rahbari bilan uçraşuv rejalaştirilgan, uning davomida tomonlar sarmoyalar, innovatsiyalar va iqtisodiy ösişni muhokama qiladi.
Bundan taşqari, Tramp Davosga taşrifi davomida milliy xavfsizlikka oid bir neça masalalarni muhokama qiladi.
"Prezident Davosdagi vaqtdan milliy xavfsizlikka doir ba'zi masalalarni muhokama qiliş uçun ham foydalanadi, jumladan, Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantiriş, IŞIDga qarşi kuraş böyiça bizning koalitsiyani, Eron xatti-harakatlarini...", - deya ma'lum qildi Makmaster.












