Ispaniya çempionatining 22-turi doirasida «Espanol» — «Barselona» uçraşuvi vaqtida mezbonlar jamoasi hujumçisi Serxio Garsiya mehmonlarning fransiyalik himoyaçisi Samuel Umtitiga irqçilik qilgan.

Mundo Deportivo naşri tarqatgan xabarga köra, ispaniyalik futbolçi Umtitini negr deb atagan. Aynan şu sabab tufayli Umtiti öyin huştagi yangraganidan keyin maydonni öta ğazablangan holda tark etgan. U öyindan keyin «Barselona» kiyim almaştiriş xonasida jamoadoşlariga bölgan voqea haqida aytib bergan.

Onda Cero ma'lumotiga köra, öyin oxirida kök-anorranglilar jamoasining boşqa bir himoyaçisi Jyerar Pike Umtitidan tinçlanişini sörab, Garsiya bu işi uçun albatta puşaymon bölişini aytgan.