AQŞning Massaçusets texnologik instituti bitiruvçilari asos solgan Butterfly Network startapida internet mavjud bölgan joyda, qimmatbaho va katta ölçamli qurilmasiz ultratovuş taşxisi amalga oşirişga imkon beruvçi texnologiya yaratildi. Bu texnologiya bilan homilani, ösimta yoki sinişni köriş tana harorati yoki qon bosimini ölçaş kabi osongina amalga oşiriladi.
Qurilma özidan kaft ölçamidek keluvçi, ultratovuş skanerni aks ettiradi. U yordamida olingan surat smartfondagi mobil dasturga, undan esa bulutli saqlagiçga jönatiladi. Saqlagiçdagi suratni istalgan malakali mutaxassis tahlil qila oladi.
Uşbu UTT-qurilma tibbiy muassasalar va texnologiyalar bilan muammo mavjud bölgan joylarda köplab hayotlarni saqlab qolişi mumkin.
Standart UUT-qurilma 15 ming dollardan 100 ming dollargaça turadi. Yangi qurilma esa 2 ming dollar turadi. iQ deb nom olgan qurilma iPhone’ga lightning raz'yomiga ega kabel yordamida ulanadi. Qurilma barça tekşiruvlardan ötib, urologik, ginekologik taşxislar hamda yurak va oşqozon-içak sohasini tekşiriş uçun ma'qullangan. Uşbu qurilma uçun buyurtmalar soni ön mingdan oşib ketgan, ilk qurilmalar mijozlarga bir neça oydan keyin yetkazila boşlanadi.
Uşbu qurilmaning ilk foydalanuvçilari albatta UTT bilan işlangan şifokorlar böladi. Biroq bunday qurilma barça mutaxassislikdagi şifokorlarda paydo bölişiga, keyinroq esa qurilmadan bemorlarning özlari foydalanişni örganib olişlari va u qon bosimini ölçovçi qurilma kabi har bir xonadonda bölişiga umid qilinmoqda.








