Namoz öqiş Islom arkonlaridan biridir. U har bir mömin-musulmon uçun farz qilingan amal bölib, kişiga ruhiy orom va qalb xotirjamligi bağişlaydi, Yaratganning roziligini topişda vosita bölib xizmat qiladi.

Alloh taolo Bayyina surasining 5-oyatida şunday marhamat qiladi: “Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilişga, Uning dinigagina ixlos qilişga, boşqa dinlarga moyil bölmaslikka, namozni töliq öqişga, zakot berişga buyurilgan edilar. Ana şu töğri millatning dinidir”, deyilgan.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom beş narsaga bino qilingan: “Laa ilaaha illallohu, Muhammadur Rasululloh”, deb şahodat keltiriş, namozni tökis ado etiş, zakot beriş, haj qiliş va Ramazon rözasini tutiş”, dedilar”. Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilişgan.

Ammo gohida şunday holatlar bölib qoladiki, ibodat vaqti kirgaç, inson turli joylarda va vaziyatlarda böladi. Azon.uz tomonidan taqdim etilgan fotojamlanmada ana şunday holatlarda ibodatni ötkazib yubormaslikka uringan musulmonlar surati joy olgan.