Jahon | 18:16 / 12.02.2018
33370
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya mamlakatdagi terrorizm ortida kim turganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Liviya parlamenti spikeri Oqil Salohning ma'lum qilishicha, Turkiya ushbu mamlakatda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Yanvar oyida Bengazidagi masjid yonida ro‘y bergan ikkita terakt natijasida 33 kishi halok bo‘ldi. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, portlashlardan biri tufayli Liviya aksilrazvedkasi boshlig‘i Mahdi Faloh jabrlandi.

«Bengazidagi portlashlar ortida terrorchilik tashkilotlari turibdi. Ular afsuski xorijiy davlatlar, jumladan Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda», - deya aytib o‘tgan Saloh.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kazzofiy onasi dafn qilingan maqbara portlatib yuborilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid