00:05 / 08.02.2018
17995

Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kazzofiy onasining maqbarasi portlatib yuborildi

Foto: alwasat.ly

Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kazzofiy onasi dafn qilingan maqbara portlatib yuborildi. Bu haqda Al Wasat axborot portali ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, Oysha Kazzofiyning maqbarasi Sirtdan 40 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 6 fevral ertalab noma'lum jangarilar tomondan unga shikast yetkazilgan. Undagi eshik va deraza o‘rinlari vayron bo‘lgan. Binoning o‘ziga esa avvalroq aviazarba vaqtida va jinoyatchilar tomondan talofat yetkazilgan.

TASS axborot agentligining ta'kidlashicha, Kazzofiy 2011 yilda o‘ldirilgandan keyin uning yaqinlarining qabrlari tahqirlanib, yo‘q qilingan. Jangarilar Kazzofiy oilasining oilaviy sag‘anasida ko‘milgan ota-onasi, amakisi va ikki qarindoshi qabrlaridagi qabr toshlarini vayron qilib, qabrdan ularga tegishli suyak qoldiqlarini olib, yoqib yuborishgan. Kazzofiyning o‘zi Liviya cho‘lida maxfiy ravishda dafn qilingan. 
Kazzofiy NATO tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi isyonchilar tomondan 2011 yil 20 oktabrda o‘ldirilgan. Uning o‘limidan keyin Liviya bir necha hududga bo‘linib ketgan. Bu hududlar turli guruhlar tomondan nazorat qilinadi.  

Mavzuga oid
Top