Jamiyat | 01:17 / 16.02.2018
73443
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkent markazida qurilgan ko‘p qavatli uy qanchalik sifatli?

Foto: KUN.UZ

Tahririyatimizga Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasi 35-uyida istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat tushgan edi. Ushbu uy O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va fuqarolarning depozitga jalb etilgan mablag‘lari hisobidan barpo etilgan. Murojaatchilar Milliy bank 2012 yilda qurilib, 2014 yil 4 avgustida foydalanishga qabul qilingan uyning xonadonlari narxini Vazirlar Mahkamasining 611-sonli farmoyishi talabiga zid ravishda 2016 yilda baholatgani hamda ushbu uyda yashayotganlarni majburiy ravishda sud orqali ko‘chirib yuborish yoki asossiz tarzda yuqori narxlarda to‘lovlarni talab qilayotgani xususida murojaat qilishgan edi. 

KUN.UZ saytida shu muammo yuzasidan “NBU fuqarolar bilan nega sudlashmoqda?” sarlavhali maqola ham chop etilgandi. 

O‘rganishlarimiz chog‘ida ushbu uy “BITI PRODUKTION” MChJ tomonidan qurilganini aniqladik. Quyida tasvirchimiz diqqatini tortgan va uyning pudratchi tomonidan qanchalik “sifatli” qurilganidan darak beruvchi suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. “Egasiga yetguncha” qabilida bajarilgan ishlar hamda barpo etilgan uy holatiga baho berish, xulosa qilishni o‘quvchi ixtiyoriga qoldiramiz. 

Mavzuga oid