Joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida Özbekiston yoşlar terma jamoasi çempion bölgan va bu ğalaba Prezident tomonidan munosib baholanib, terma jamoa murabbiylari va futbolçilarga Prezident sovğasi – Malibu avtomobillari topşirilgandi. 

Biroz avvalroq «Ozodlik» naşrida «Çempionlarga prezident bergan «Malibu» sovğasi kemtik bölib qoldimi? Nega prezident sovğasi uçun futbolistlardan pul söralmoqda?» sarlavhali maqolani e'lon qilindi.

ÖFA rasmiy saytida U-23 Osiyo çempionlariga berilgan mukofotlar böyiça rasmiy Bayonot berildi.

«Şu kunlarda turli ommaviy axborot vositalarida Xitoyda bölib ötgan U-23 Osiyo çempionatida ğolib çiqqan Özbekiston terma jamoasi a'zolariga muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan mukofotlar – «Malibu» avtomaşinalari hali rasmiylaştirilmagani haqidagi xabarlar paydo böldi.

Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi mazkur xabarlar heç qanday asosga ega emasligini ma'lum qiladi. Futbolçilarga topşirilgan «Malibu» avtomaşinalari Prezidentimizning sovğalari bölib, bu avtomaşinalar uçun qandaydir tölov talab qilişga heç kimning haqqi yöq. 

Aksinça, Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi futbolçilarning xayolini bölajak musobaqalardan çalğitmaslik, bor e'tiborlarini maşğulotlarga qaratişlari uçun avtomaşinalarni futbolçilar nomiga rasmiylaştiriş bilan boğliq barça tölovlarni öz zimmasiga olgan. 

Öz örnida yurtimizdagi jurnalistlar va muxlislarni bu kabi iğvo va böhtondan iborat gap-sözlarga uçmaslikka, ma'lumotlar haqqoniyligini işonçli manbalardan tekşirişga çaqirib qolamiz», deyilgan xabarda.