Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahriga XXI asr qachon kirib keladi?

Foto: KUN.UZ
Tahririyatga kelib tushgan ayrim murojaatlar bilan tanishib, o‘zimda shubha paydo bo‘ladi: biz XXI asrda yashamoqdamizmi? Savolni aniqroq qilib ifodalasam, O‘zbekiston xalqining barchasi XXI asr imkoniyatlaridan birdek foydalana olyaptimi? Bu xayollar to‘zg‘igan bir paytda Kun.uz muxbiri Namangan shahri Gulpora MFYda istiqomat qiluvchi kishining murojaati izidan vodiy tomon yo‘l oldi.
E'tiroflarda «Namangan gullar shahri», deb atalmish viloyat aslida mohir chevarlar, xushmuomala somsapazlarga ham to‘la. Shahar ko‘chalarini aylangan har bir sayyoh yangi qad rostlagan binoga mahliyo bo‘lib, ko‘cha taomlaridan totib ko‘rishga urinadi. «Chorsu» bozorini bir aylanib chiqishdagi zavqni aytmaysizmi!
Ammo, hikoyaning yaxshi so‘zlari shu yerda adog‘iga yetdi. Bozordan sal yuqoriga qarab qadam tashlagan mehmon Q.Otamirzayev ko‘chasiga chiqadi. Bu yerda jo‘shqin Namangan hayotining aks manzarasiga guvoh bo‘lasiz. Shu onda shahar markazida yashab turgan xalqning achinarli ahvoli biroz o‘yga cho‘mdirdi: nega?!

Ma'lum qilinishicha, bu mahallada ham bir paytlar tabiiy gaz ta'minoti uzluksiz bo‘lgan. Bora-bora «bosim pasaygan» deya bir qator vajlar bilan aholi 2012 yilda tabiiy gaz iste'molidan uzib qo‘yilgan. Insoniyat yer yuzida paydo bo‘libdiki, yashash uchun birlamchi sharoitlarni hozirlab keladi, gulporaliklar ham shunday qildi. Mahallada o‘ziga to‘q, iqtisodiy baquvvat oilalar suyultirilgan gaz ballonlarini sotib olgan, qish qilichini yalang‘ochlab kelsa, sifatli ko‘mirga oshiqadi. Ular xonadonni isitish, tabiiy gaz o‘rnini qoplash uchun elektrlashgan isitish tizimini o‘rnatgan.




Ming afsuski, bunday imkoniyatlardan hamma birdek foydalana olmaydigan. Shunday iqtisodiy nochor aholi vakillari ham borki, qishning so‘nggi kuni chiqquncha, har kuni yangidan jang maydoniga kirgan jangchidek kurashni davom ettiradi.

«Sifatli ko‘mirga qurbimiz yetmaydi, ba'zan eski kalishlarni yoqib, uyni isitgan kunlarimiz ham bo‘ldi. Sog‘lig‘imiz uchun zarar ekanligini bilamiz, ammo na chora...», deydi ana shunday oila a'zolaridan biri.

Mahalladan chiqib kelsangiz, yana sershovqin manzil, odamlar bilan to‘lib-toshgan bozor, gavjum savdo markazlariga ko‘zingiz tushadi. Faqat bu safar boshqacha nigoh qadalgan surat paydo bo‘ldi: bu kishilar XXI asrda yashayaptimi o‘zi?

Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025