Atlas V raketa-taşuvçisi Floridada AQŞning yangi GOES-S meteorologik sun'iy yöldoşi bilan birga uçirildi.
United Launch Alliance kompaniyasiga tegişli raketa Toşkent vaqti bilan soat 03.02da Kanaveral burnidagi kosmodromdan uçirildi. Missiya AQŞning okean va atmosfera muammolari milliy boşqarmasi (NOAA) va NASA koinot agentligi uçun amalga oşirilgan.
Raketaning birinçi poğonasi Rossiyaning RD-180 dvigateli bilan jihozlangan va u rejalaştirilgandek raketa startidan 3 daqiqa ötgaç ajralgan.
Lockheed Martin kompaniyasi tomondan yaratilgan GOES-S sun'iy yöldoşi Yerning ğarbiy yarimşarida atmosfera hodisalarini kuzatiş uçun möljallangan sun'iy yöldoşlar qatoridan joy oladi. U 2016 yilda uçirilgan GOES-R sun'iy yöldoşi kabi ob-havoni erta aniqlaş, prognozlaş va monitoring qiliş imkoniyatlarini ança yaxşilaşi, tabiiy ofatlarga ta'sirçanlik samaradorligini oşirişi kerak.
GOES seriyasidagi ilk sun'iy yöldoşi 1975 yilda uçirilgan va öşandan beri bu sun'iy yöldoşlar AQŞda meteorologik kuzatuvlarning asosiy manbasi hisoblanadi.











