Sobiq ittifoq davrida Özbekiston mustaqilligi ğoyasini kötargan, ötgan asrning 60-yillari oxirida «Ozod uyuşma» taşkilotiga asos solib, mamlakat mustaqilligi uçun sovetlarga qarşi borgan Mirtemir Mirabdullayev 78 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.

Yaşirin taşkilot asosçisi va rahbari bölgan Mirtemir Mirabdullayev 1940 yil Toşkent şahridagi Beşyoğoç mahallasida tuğilgan.

2000 yili naşr etilgan «Özbekistonning yangi tarixi» kitobining ikkinçi tomida yozilişiça, Mirabdullayev ötgan asrning 60-yillarida, ToşDUning siyosiy iqtisod kafedrasida öqituvçi sifatida faoliyat yuritayotgan vaqtida mamlakat ozodligi harakati taşabbuskorlari bölgan hammaslaklari bilan «Ozod uyuşma» taşkilotini tuzgan. 

Uyuşma a'zolari Özbekiston SSSRdan ajralib çiqişi va mustaqil davlat barpo qiliş, özbeklar boşqalarning yordamisiz ham öz iqtisodiyotini rivojlantirişga, mamlakatni özlari boşqarişga qodir, degan ğoyaga asoslangan edi. Lekin «Ozod uyuşma» oyoqqa turmasdan, uning taşkilotçilaridan biri bölgan Mirabdullayev qamoqqa olinadi va 1971 yil 31 avgustida Toşkent şahar sudi tomonidan unga ÖzSSR JK 64-moddasi «millatçi» tamğasi bosilib, jinoiy javobgarlikka tortiladi hamda 3 yilga qamaladi. Faqat Özbekiston mustaqillikni qölga kiritganidan söng adolat qaror topib, 1992 yil bahorida Mirtemir Mirabdullayev oqlangan.