Maltaning Zurrik şahrida ikki qavatli turistik avtobusning daraxt şoxlariga tegişi oqibatida 2 sayyoh halok böldi, yana 50 kişiga tibbiy yordam kerak böldi. Bu haqda Malta soğliqni saqlaş vaziri Kris Fearnega iqtibos keltirgan holda Times of Malta naşri xabar bermoqda.
Avtobus daraxtning past joylaşgan şoxlari ostidan ötayotganda şoxlar avtobusning 2-qavatida ötirgan sayyohlarga şikast yetkazgan.

Belgiyalik 62 yoşli erkak va ispaniyalik 37 yoşli ayol sayyoh voqea joyida halok bölgan. 6 kişi: britaniyalik 2 bola va erkak, germaniyalik 2 ayol va italiyalik bir ayol jiddiy jarohat olgan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam maşinalari yetib kelgan. YTH oqibatida 49 nafar sayyoh va maltalik haydovçiga tibbiy yordam körsatilgan.

Malta boş vaziri Jozef Muskat halok bölganlar oilalariga öz hamdardligini bildirdi.











