Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Foto: Shannon Stapleton/Reuters
AQSh hukumati Xitoyga qarshi yangi iqtisodiy cheklov choralarini joriy etishi mumkin. Bu XXR Amerika texnologik kompaniyalariga o‘z bozorida yetarlicha erkinlik bermayotgani tufayli ro‘y beradi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Amerika korporatsiyalari, XXR qonunlariga ko‘ra, Xitoy korxonalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etishga majburligidan norozi. Gazeta manbasining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar shu sababdan Xitoyga noroziliklar bildirilgan rasmiy bayonot tayyorlamoqda.
Nashrdan ta'kidlashlaricha, uning rasmiylashtirilishi va Xitoy hukumatiga yuborilishi yakuniy tarzda hal etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh bilan savdo mojarosida oxirigacha borishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
20:41
AQSh muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Eronga beshta shart qo‘ydi - OAV
19:00
Tramp Sini «do‘stim» dedi, ammo Xitoydan «quruq qo‘l» bilan qaytdi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
10:10 / 16.05.2026