Xitoy savdo mojarosi doirasida AQŞ harakatlariga javob qaytarişga tayyor va oxirigaça boriş niyatida. Bu haqda XXR Tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fen ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Ayni damda Xitoy va AQŞning moliyaviy sektorga mas'ul bölgan rasmiy şaxslari tomonidan savdo-iqtisodiy mojaro böyiça heç qanday muzokaralar olib borilmayapti. Muzokaralar jarayonida ma'lum bir prinsip bor, hamda ayni damga kelib Amerika tomoni muzokaralar ötkaziş böyiça heç qanday samimiy istakni bildirmadi», - deya aytib ötdi idora vakili.
Gao Fenning sözlariga köra, agarda AQŞ bir tomonlama harakatlar va savdo proteksionizmi siyosatiga sodiq bölib qolişda davom etsa, unda «Xitoy javob qaytaradi hamda ğalaba qozongunga qadar kuraşadi».












