Jahon | 15:46 / 23.04.2018
5225
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti KXDRning yadro sinovlari bo‘yicha qaroriga izoh berdi

Foto: TASS /Sergey Bobylev

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yadroviy sinovlarni to‘xtatish haqidagi qarori Koreya yarim orolini yadro qurolidan butunlay xoli qilish uchun muhim qadam sanaladi, deya ma'lum qildi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Shimoliy Koreyada yadroviy muzlatish bo‘yicha chora Koreya yarim orolini butunlay yadrosizlantirish uchun muhim qaror sanaladi», - deya aytib o‘tdi Mun Chje In.

U bu haqda Janubiy Koreya ma'muriyatidagi yig‘ilishda chiqish qilib bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Kim Chen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma'lum qildi. Shundan so‘ng Tramp ham Kim Chen Inning bayonotiga munosabat bildirdi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid