AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning KXDRda yadroviy va raketa sinovlarini töxtatiş haqidagi qarorini «yaxşi yangilik» deb atadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Şimoliy Koreya yadroviy sinovlarni töxtatiş va eng yirik yadro poligonini yopişga rozi böldi. Bu KXDR va butun dunyo uçun juda yaxşi yangilik – katta özgariş!» - deya yozdi Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, endi Kim Çen In bilan uçraşuvni kutmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR yetakçisi Kim Çen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatayotgani, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Şuningdek, Tramp va Kim Çen In qayerda uçraşişi mumkinligi ma'lum qilingandi.

















