Olot tumani Bunyodkor MFY Iftixor köçasida yaşagan, 1984 yilda tuğilgan Farrux Narziyev 2012 yilda işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Murmansk şahriga borib, u yerda yaşirin faoliyat olib borayotgan «al-Ixvon al-muslimin», ya'ni «Musulmon birodarlar» diniy ekstremistik taşkilotining a'zolari bilan tanişib, ularning diniy ta'sir doirasi ostida mazkur taşkilotga a'zo bölgan holda ularning noqonuniy harakatlarida faol iştirok etadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB boşliğining matbuot kotibi, kapitan Baxtiyor Raxmatov xabar berdi.

Farrux Narziyevning uşbu harakatlari böyiça 2016 yilda Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyat boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov organlaridan yaşirinib yurganligi uçun unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan edi.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Narziyev Farruxga nisbatan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda unga nisbatan qöllanilgan “qamoq” ehtiyot çorasi ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan, ya'ni “munosib xulq atvorda böliş töğrisidagi tilxat” ehtiyot çorasiga özgartirilib, uning yaqin qarindoşlari bilan olib borilgan profilaktik tuşuntiriş işlari natijasida, Farrux Narziyevni ixtiyoriy ravişda Özbekiston Respublikasiga qaytib kelişiga va yöl qöygan xatolarini tan olgan holda özini huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirişga erişildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Farrux Narziyev 16 aprel kuni öz ixtiyori bilan Özbekistonga qaytib kelib hozirda öz oilasi bağrida yaşamoqda.