Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston muxolifati yetakchisi prezident bilan muzokaralar o‘tkazdi
Armanistondagi muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan respublika prezidenti Armen Sarkisyan bilan ichki siyosiy vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda siyosatchi feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.
«Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashdim. Biz ichki siyosiy vaziyatdagi so‘nggi hodisalar va ularni hal qilish yo‘llarini muhokama etdik», - deya yozgan Pashinyan.
Siyosatchi muzokaralar tafsilotini keltirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan hukmron partiya raisi, sobiq bosh vazir Serj Sargsyan va muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan uchrashuvlar o‘tkazgani xabar berilgandi. Prezident Sarkisyan 26 aprel kuni muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan uchrashgan. U bu uchrashuvdan so‘ng ichki siyosiy inqirozga yechim topish maqsadida munozaralarni davom ettirgan.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026