Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan hukmron partiya raisi, sobiq boş vazir Serj Sargsyan va muxolif harakat yetakçisi Nikol Paşinyan bilan uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.

«Prezident Sarkisyan 26 aprel kuni muxolif harakat yetakçisi Nikol Paşinyan bilan uçraşdi. U bu uçraşuvdan söng içki siyosiy inqirozga yeçim topiş maqsadida munozaralarni davom ettirmoqda», - deya ta'kidlanadi xabarda.

Matbuot xizmatidan qöşimça qilişlariça, Sarkisyan hukmron Respublika partiyasi raisi va örinbosari Serj Sargsyan hamda Karen Karapetyan bilan ham uçraşgan.

«Uçraşuvlar konstruktiv ahamiyatga ega. Prezidentning umid qilişiça, qöşma sa'y-harakatlar orqali barçani qanoatlantiruvçi yeçim topiladi», - deya qayd etib ötişgan matbuot xizmatidan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston vaqtinçalik boş vaziri Paşinyan bilan muzokaralarni rad etgandi.