Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» jamoasida töp surayotgan Şohrux Gadoyev navbatdagi turda jamoasining muhim gollaridan biriga mualliflik qildi.
«Suvon Siti» mehmoni bölgan tejonliklar uçraşuvda muhim ğalabani qölga kiritdi — 2:1. Uçraşuvning 49-daqiqasida Park In Hyok hisobni oçgan bölsa, 54-daqiqada Şohrux Gadoyev hisobdagi farqni ikkita oşirdi. Sönggi daqiqada mezbonlarning braziliyalik legioneri Alveş farqni bittaga qisqartira oldi, xolos.
Uşbu ğalabadan keyin «Tejon» oçkolari sonini 10taga yetkazib oldi va Key-2 liganing xavfli zonasidan 7-öringaça kötarilişga muvaffaq böldi. «Suvon» esa 9 oçko bilan 9-öringa (jami 10ta jamoa) tuşib ketdi.
Janubiy Koreya Key-2 ligasi
Suvon Siti - Tejon Sitizen 1:2 (0:0)
Gollar: Alveş (90) - Park In Hyok (49), Şohrux Gadoyev (54).












