Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning shaxsiy shifokori iste'foga chiqadi
AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq shaxsiy shifokori Ronni Jyekson Oq uydagi ishiga qaytmaydi. Bu haqda Politico davlat rahbari ma'muriyatidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Jyekson bundan biroz muqaddam prezident shaxsiy shifokori lavozimini vaqtinchalik tark etgandi, sababi Tramp uni faxriylar ishi bo‘yicha vazir lavozimiga ilgari surdi.
Biroq, shifokor mojaro markaziga tushib qoldi – senator Jon Tester uni ish o‘rnida spirtli ichimlik iste'mol qilganlik va «dushmanlik kayfiyatini» yaratganlikda aybladi. Jyekson bu bayonotlarni rad etdi, lekin o‘z nomzodini qaytarib oldi.
Prezident Tramp ham Testerning so‘zlariga izoh berib, uni iste'foga chiqishga chaqirdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Maxfiy xizmat Jyeksonga qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlamagan.
Shon Konli prezidentning shaxsiy shifokori bo‘lib qoladi, u avval bu vazifani vaqtinchalik bajargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning shifokori jurnalistlarga noqonuniy tarzda uxlatuvchi dori bergan bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi.