Havaskor muhandis Jon Dingli bir ğildirakli, öz-özini muvozanatlovçi elektr mototsikl deb atalgan transport vositasi Mega Hub Motor Electric Unicycle’ni ixtiro qildi. Bu transport vositasi mohiyatan 17 dyuymli ğildirak, uning ustida joylaşgan örindiqdan iborat mototsikldir. Ğildirak 3000 vattlik elektromotor bilan harakatga keltiriladi.

Motosikl öz-özini muvozanatlaşiga unda 1950-yillarda işlab çiqarilgan “Ural” mototsiklining ba'zi ehtiyot qismlarini qöllaş hisobiga erişilgan. 

Natijada Dingli antiqa qurilma yaratişga muvaffaq böldi. Dingli köplab videoroliklarida öz ixtirosini “köz-köz qilib”, unda qanday yuriş kerakligini tuşuntiradi. Uning aytişiça, “texnika mö'jizasi”da yurişni örganib oliş uçun 5 daqiqa kifoya qiladi. Motosikl ançagina tezyurar çiqqan. Dingli mototsiklida tezlaşişdan xavotirlanib, u qanday maksimal tezlikka erişa olişini hozirça bilmayapti.

“Bir ğildirakli mototsiklning tezligini çeklovçi element hozirça özim bölmoqdaman. U oddiy mototsikl kabi boşqariladi, biroq barqarorligi ança kamroq”, deb tan olgan Dingli ba'zi kamçiliklarni.