Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Janubiy Koreyadagi kontingentini kamaytirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon tomonidan Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy xizmatchilari sonini kamaytirish variantlarini tayyorlash haqida ko‘rsatma bergan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar aytib o‘tdi, deb yozyapti New York Times.
Xususan, nashr suhbatdoshlarining qayd etishicha, Tramp Janubiy Koreyadagi amerikalik harbiy xizmatchilar sonini moliyalashtirish masalasi tufayli kamaytirmoqchi. 2018 yilning oxirida yakuniga yetadigan shartnoma bandlariga muvofiq, Koreya Respublikasi hukumati bazalarga xizmat ko‘rsatish qiymatining (800 mlrd dollar) faqat yarmini to‘laydi. Shu bilan birga, AQSh rahbariyati Janubiy Koreya ma'muriyati askarlari ta'minotiga barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishini xohlamoqda.
Qayd etilishicha, AQShning Koreya yarim orolidagi harbiy ishtiroki Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lajak uchrashuvida muzokaralar mavzusi bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya amerikalik askarlar qanday shartda qoldirilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
08:50 / 24.04.2026