Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatida tayinlov bo‘ldi
Foto: Mitc.uz
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi farmoniga muvofiq, Davron Anvarovich Ismailov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
«Shu munosabat bilan, 11 may vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi. Davron Ismailov bugungacha vazirlikning Investitsiyalar va moliyaviy boshqaruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ham yirik o‘zgarish yuz berdi.