Joriy yilning 12 may sanasida fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudi oçiq sayyor sud taşkil qildi. Uçraşuvda Katta Qorasuv MFY faollari qatnaşdi.

Sudya I.M.Abduvaxobov raisligida bölib ötgan fuqarolik işida taraflar E.A.Kaşina va V.Vadimoviç iştirok etdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, javobgar V.Vadimoviç voyaga yetmagan farzandi Artem Veçeslaviçga nisbatan otalik vazifasini bajarmagan. Muntazam spirtli içimliklar iste'mol qilgan. Aliment tölovlarini töliq ravişda tölamay kelgan.

Özbekiston Respublikasining Oila kodeksi 79-moddasiga asosan sud ota-onani (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilişi mumkin:

ota-onalik majburiyatlarini bajarişdan boş tortsa, şu jumladan aliment tölaşdan böyin tovlasa;
uzrsiz sabablarga köra öz bolasini tuğruqxona yoki boşqa davolaş muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalaş muassasasi va şunga öxşaş boşqa muassasalardan olişdan boş tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan şafqatsiz muomalada bölsa, jumladan jismoniy kuç işlatsa yoki ruhiy ta'sir körsatsa;
muttasil içkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bölgan bölsa;
öz bolalarining hayoti yoki soğliğiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki soğliğiga qarşi qasddan jinoyat sodir qilgan bölsa. 

Sud tomonidan barça ma'lumotlar töliq örganildi. Sud V.Vadimoviçni qonun doirasida otalikdan huquqidan mahrum qildi. Taraflarga tegişli muddatlarda qaror yuzasidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida şikoyat qilişlari mumkinligi tuşuntirildi.