Prezident  Şavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 24 fevralida Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida bildirgan taşabbusi asosida Markaziy Osiyoda muqobili yöq “Qorabayir otçilik majmuasi” davlat unitar korxonasi taşkil qilinib, uning faoliyatiga start berildi. Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berişiça, öşanda davlat rahbari Özbekistonning milliy iftixori sanalgan qorabayir otlari va özbek öğlonlarining çavandozlik xususiyatlariga alohida töxtalgan. 

Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida zamonaviy, Markaziy Osiyoda muqobili yöq “qorabayir” otlari milliy naslini köpaytiriş va boqişga yönaltirilgan majmuaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Majmua maydoni yaşil zona, mikroiqlim tizimi bilan kökalamzorlaştirilgan. Beş gektardan ortiq xududda 200 ta otga möljallangan otxona jonivorlarni sifatli parvariş qiliş uçun barça kerakli aşyolar bilan jihozlangan. Bu yerda barça talablarga javob beruvçi veterenar bloklari, çömiliş xonalari, oğilxona mavjud. Oçiq va yopiq manejlar maşğulotlar, milliy va xalqaro musobaqalar ötkaziş uçun maxsus jihozlangan. Majmuada otlarni yurgiziş uçun möljallangan maxsus qumli va suvli moslama mavjud. Yoş otlar uçun keng qöra ham bor.

Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi

Bayram tadbiri guvohlariga aylangan mehmonlar, ot sporti işqibozlari 19 may kuni 500 öringa möljallangan tribunadan musobaqani tomoşa qilib, zavqlanişdi, bu yerdan nafaqat butun oçiq maydon ajoyib körinişini, balki “Qorabayir otçilik majmuasi” unitar korxonasi maydonini ham közdan keçiriş mumkin. 

Tadbir doirasida Özbekistonning eng yaxşi sportçi konkurçilari bu sport turiga xos tomoşaboplik va qizğinlikni namoyon etişdi. Tomoşabinlar çiqişlardan katta zavq olişdi, har bir çavandozni qarsaklar bilan kutib olişdi va ularni qöllab-quvvatlab turişdi. 
Klassik konkur ğolibi yoş sportçilardan biri Ötkir Ismoilov böldi, u Reys laqabli ot bilan iştirok etdi. 

Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi

Sakraş quvvati konkurida ğalabani xalqaro toifadagi sport ustasi, ot sporti faxriysi Ibragim Yuldaşev Lou Loveret laqabli otda qölga kiritdi. 

Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi

Tomoşabinlar olqişi sovrini sportçi, sport ustasi, Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti Baxrom Gaziyevga topşirildi. 

Yangi zavod oçilişi marosimi va tösiqlarni yengib ötiş musobaqalarining hurmatli mehmonlari va iştirokçilari Xalqaro ot sporti federatsiyasi veterenar delegati, Rossiyaning ot yörttiriş böyiça terma jamoasi veterenar şifokori Yevgeniy Gorovoy, Xalqaro ot sporti federatsiyasi mintaqaviy guruhi rahbari örinbosari Ramin Şafiy, şuningdek “Ashqan Equestrian Equipment” kompaniyasi prezidenti Aşkan Haqiqiy bölişdi. 

Foto: Özbekiston yilqiçilik va ot sporti federatsiyasi

Umid qilamizki, yaqin orada bu joy nafaqat mamlakat yilqiçilari va ot sporti işqibozlari, balki xuşqad jonivorlarni qadrlovçi, auksionlar, nufuzli musobaqalar, tarmoqning tantanali tadbirlari, ilmiy tadqiqotlar, sohaning yetakçi vakillari bilan işçan uçraşuvlarda iştirok etişga qiziquvçi insonlarni ham öziga tortuvçi maskanga aylanadi.