Nyu-York fond birjasiga uning 226 yillik tarixi davomida ilk bor ayol kişi rahbarlik qiladi. Bu lavozimga Steysi Kanningem tayinlangan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) ma'lum qildi. 

Hozirda Kanningem birjaning ijroçi direktori lavozimini egallaydi. U birjaning 67-prezidenti böladi va Tomas Farlining örnini egallaydi. Kanningem uşbu lavozimni bajarişga rasman 25 may kuni kirişadi. 

43 yoşli Kannigem birjadagi faoliyatini 1994 yilda stajyor sifatida boşlagan. Öşa kezda birjada 1300 erkak va bor-yöği 30 ayol işlagan.

Nyu-York fond birjasi 1792 yilda taşkil topgan. Uning Uoll-stritdagi ofisida har kuni 4 mingdan köproq kompaniya aksiyalari bilan savdo qilinadi.