Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kim Chen In KXDRda davlat to‘ntarishi yuz berishi mumkinligidan xavfsiramoqda
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun yo‘l olgan vaqtida, KXDRda davlat to‘ntarishi yuz berishi mumkin ekanidan xavfsiramoqda. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Nashr manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi logistikaga aloqador masalalardan «qo‘rqmoqda». Xususan, u Singapurda bo‘lish vaqtidagi xavfsizlik, shuningdek, bu yerga borish va kelish uchun kerak bo‘ladigan yoqilg‘i miqdori, hamda uni olish bo‘yicha ikkilanmoqda.
«Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi bunday uzoq safar harbiy to‘ntarishga yoki uni hokimiyat tepasidan chetlatishga bo‘lgan boshqa harakatlarga turtki berishi mumkin ekanidan tashvishda», - deya yozadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qo‘shma Shtatlar KXDR aholisi hayotini yaxshilashga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025