Jahon | 09:29 / 04.06.2018
3271
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri Tramp bilan savdo bo‘yicha kelishib olishiga ishonmoqda

Foto: Reuters /Kevin Lamarque

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma'lum qilishicha, AQSh bilan samarali ishlash tarafdoridir. Tryudo iqtisodiy siyosat va savdo sohasidagi pozitsiyalar turlicha bo‘lishiga qaramay, shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda NBC News.

«Bu Donald Tramp bilan muzokaralarda eng avvaldan mendagi asosiy band bo‘lgan. Biz buni qilishda davom etamiz, Kanada manfaatlarini himoya qilish darkor», - deya aytib o‘tdi Tryudo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada AQSh hukumati bilan halol va jamoaviy ishlash tarafdoridir.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Kanada iqtisodiyoti yaxshi holatda va mamlakat AQSh bilan yangi savdo kelishuvlarini imzolash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada AQSh ustidan JSTga shikoyat qilgani ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid